Turk Havo Yoʻllari Qozog‘istonga parvozlarni bekor qildi

Turk Havo Yoʻllari aviakompaniyasi Qozog'istondagi namoyishlar tufayli 9-yanvargacha Qozogʻistonga barcha yoʻlovchi reyslarini bekor qildi.

1758863
Turk Havo Yoʻllari Qozog‘istonga parvozlarni bekor qildi

 

Turk Havo Yoʻllari aviakompaniyasi 9-yanvargacha Qozogʻistonga barcha yoʻlovchi reyslarini bekor qildi.

Ma'lumotga ko'ra, Turk Havo Yoʻllari Qozog'istondagi namoyishlar tufayli mamlakatga parvozlarni bekor qilishga qaror qildi.

Shu munosabat bilan Qozog‘istonga rejalashtirilgan barcha aviareyslar 9-yanvargacha to‘xtatildi.

Bekor bo‘lgan parvoz yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #THY

Aloqador xabarlar