Turkiya har doim Qozogʻistonning yonida

Mustafa Shento‘p Qozog‘istondagi voqealarni chuqur qayg‘u bilan yaqindan kuzatayotganliklarini bildirdi.

1758396
Turkiya har doim Qozogʻistonning yonida

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘p Qozog‘istondagi voqealarni chuqur qayg‘u bilan yaqindan kuzatayotganliklarini bildirgan holda:

“Turkiya har doim Qozogʻistonning yonidadir”.-dedi.

Majlis raisi Shento‘p Twitterdagi sahifasida mavzu haqida bergan bayonotida:

“Biz doʻst va qardosh Qozogʻistonda sodir boʻlayotgan voqealarni chuqur qaygʻu bilan yaqindan kuzatmoqdamiz. Ishonamizki, Qozogʻiston davlati va qardosh Qozogʻiston xalqi bu ogʻir kunlarni ehtiyotkorlik bilan yengib, tez kunlarda tinchlik va barqarorlikka erishadi. Turkiya har doim Qozog‘istonning yonidadir”.-dedi.

Tashqi ishlar vazirligi ham kecha Qozog‘istondagi voqealarning imkon qadar tezroq tinchlanishini tilab, bayonot bergandi va unda bu haqida:

“Qozogʻiston maʼmuriyatining bu inqirozni yengib oʻtishiga toʻliq ishonamiz”, — deyiladi.



Aloqador xabarlar