Turkiya va Armaniston o‘rtasida ilk uchrashuv 14 yanvar kuni bo'lib o'tadi

"Turkiya va Armaniston maxsus vakillari o'rtasidagi birinchi uchrashuv 2022 yilning 14 yanvar kuni Moskvada bo'lib o'tadi",- deyiladi bayonotda.

1757855
Turkiya va Armaniston o‘rtasida ilk uchrashuv 14 yanvar kuni bo'lib o'tadi

 

Turkiya va Armaniston maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi 14 yanvar kuni Rossiya poytaxti Moskvada o'tkaziladi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.

"Turkiya va Armaniston maxsus vakillari o'rtasidagi birinchi uchrashuv 2022 yilning 14 yanvar kuni Moskvada bo'lib o'tadi",- deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, Turkiyaning Vashingtondagi sobiq elchisi Serdar Kilich 15 dekabr kuni Armanistonga elchi etib tayinlangandi.

Armaniston tomonidan esa, parlamenti raisi o'rinbosari Ruben Rubinyan Armaniston va Turkiya o'rtasidagi muloqot jarayoni doirasida maxsus vakil etib tayinlandi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar