Turkiya Covid-19ga qarshi kurash doirasida dunyoning 160 davlatiga yordam berdi

Sog‘likni saqlash vazirligi rahbarligida dunyoning 160 davlati va 14 xalqaro tashkilotining pandemiyaga qarshi kurashiga yordam berildi.

1757540
Turkiya Covid-19ga qarshi kurash doirasida dunyoning 160 davlatiga yordam berdi

Turkiya yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi kurash doirasida dunyoning 160 davlatiga yordam qoʻlini choʻzdi.

Sog‘likni saqlash vazirligi rahbarligida dunyoning 160 davlati va 14 xalqaro tashkilotining pandemiyaga qarshi kurashiga tibbiy asbob-uskunalar va umumiy yordam berildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), Turk Qizil yarim oy jamiyati va uyushmalar orqali ular qatorida Amerika Qoʻshma Shtatlari, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Angliya, Italiya, Ispaniya, Rossiya, Norvegiya, Nigeriya, Meksika va Somali ham oʻrin olgan 131 davlatga tibbiy xizmat jihatidan yordam koʻrsatildi.

Vazirlik tomonidan pandemiya jarayonida qoʻllab-quvvatlangan xalqaro tashkilotlar esa quyidagilardir:

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Insonparvarlik masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA), BMT Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF), Karib hamjamiyati (CARICOM), Markaziy Amerika integratsiya tashkiloti (SICA), NATO, Islom taraqqiyot banki, Sharqiy Afrikadagi 8 davlatni oʻz ichiga olgan Hukumatlararo taraqqiyot boshqarmasi (IGAD), Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), PAF, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeXHT), Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi (IFRC), BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNWRA), Afrika ittifoqi va Jahon Banki”.

Ushbu yordamlar tibbiy asbob-uskunalar tuhfasi (himoya vositalari, diagnostika toʻplami, dori-darmonlar, respiratorlar) va naqd pul orqali xarid qilib olish/ eksport ruxsatnomasi shaklida amalga oshirildi.

Tuhfalar orasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (ShKTR) Turkiya tomonidan 100 oʻrinli kasalxona qurib berildi. Ushbu kasalxona 2020-yilning 15-noyabri kuni Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan yetakchiligida ochildi.

Bundan tashqari, Prezident Erdoʻgʻanning buyrugʻi bilan 2021-yilning 21-apreli kuni Albaniyada ham Turkiya-Albaniya Fier doʻstlik kasalxonasi ishga tushib, tibbiy xizmat bera boshladi.

Vazirlik shuningdek, TURKOVAC milliy vaksinasining 3-bosqich tadqiqotlarini o‘tkazish maqsadida 9 davlat bilan muzokaralarini davom ettirmoqda.

Vaksina kartlarining oʻzaro tan olinishi uchun dunyoning 50 davlat bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Vazirlik yuqorida nomi tilga olingan yordamlardan tashqari dunyoning 11 davlatiga vaktsina jihatidan yordam berdi.

Shu doirada Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga 543 ming 330 doza, Qirg‘iziston Respublikasiga 160 ming 800 doza, O‘zbekistonga 200 ming doza, Liviya va Turkmanistonga 150 ming dozadan, Chernogoriyaga 100 ming doza, Moldovaga 70 ming doza, Senegal bilan Tunisga 50 ming dozadan, Bosniya va Gertsegovinaga 40 ming doza, Shimoliy Makedoniyaga 30 ming doza vaksina yuborildi.

Vaktsina soʻragan dunyoning boshqa davlatlari esa quyidagilardan iborat:

“Albaniya, Kosovo, Suriya, Falastin, Mavritaniya, Maldiv orollari, Namibiya, Moʻgʻuliston, Gruziya, Lesoto, Iroq (Iroq Kurd mintaqaviy hukumati), Nepal, Madagaskar”.

 



Aloqador xabarlar