Turkiyaning eksport hajmi 2021 yilda rekord darajaga erishdi

“2021 yil eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 32,9 foiz oshib, 225,36 milliard dollarni tashkil etdi. Bu rekord ko‘rsatkich”,-dedi prezident Erdo'g'an.

1757509
Turkiyaning eksport hajmi 2021 yilda rekord darajaga erishdi

 

Turkiyada 2021 yil davomida umumiy eksport miqdori 225,36 milliard dollarni tashkil etdi. Ayni ko‘rsatkich respublika uchun mutlaq rekord hisoblanadi.

Bu haqda dushanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“2021 yil eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 32,9 foiz oshib, 225,36 milliard dollarni tashkil etdi. Bu rekord ko‘rsatkich”,-dedi prezident Erdo'g'an.


Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tashqi savdosi qiymati 2002 yildagi 87,6 milliard dollardan 2021 yilda 496,7 milliard dollarga yetdi. Tashqi savdo taqchilligi o‘tgan yilga nisbatan 7,8 foiz kamayib, 45,9 milliard dollarni tashkil etgan. Eksportning importga nisbati esa 83,1 foiz ko‘tarilgan.

Bundan tashqari mamlakat prezidenti “Turkiya birinchi marta inqirozni boshqaradigan, hatto, bunday vaziyatni imkoniyatga aylantiradigan, salbiy ta’siran egilmaydigan davlatga aylangani”ni ham ta’kidlagan.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar