Prezident Erdoʻgʻan Pirinkayalar tunnelining ochilish marosimida ishtirok etdi

Prezident Erdoʻgʻan Turkiyani Kavkazga bogʻlaydigan Erzurumdagi Pirinkayalar tunnelining ochilish marosimiga Prezidentlik kulliyasidan onlayn tarzda ishtirok etdi.

1754629
Prezident Erdoʻgʻan Pirinkayalar tunnelining ochilish marosimida ishtirok etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Turkiyaning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar orasida ham eng keng koʻlamli ham da eng yangi va zamonaviy oʻsish infratuzilmasiga ega davlat sifatida ajralib turishini qayd etdi.

Prezident Erdoʻgʻan Turkiyani Kavkazga bogʻlaydigan Erzurumdagi Pirinkayalar tunnelining ochilish marosimiga Prezidentlik kulliyasidan onlayn tarzda ishtirok etdi.

“Pirinkayalar tunnelimiz mintaqamiz uchun foydali boʻlishini tilayman”.-degan Erdoʻgʻan:

“(Tunnel) Aloqa yoʻli bilan birga umumiy uzunligi 3,4 kilometrga yaqinlashgan ushbu loyiha Erzurum va Artvin oʻrtasidagi transportning tez, xavfsiz va uzluksiz boʻlishini ta’minlaydi. Yurtimizga 18 millionni tejashdan tashqari uglerod chiqindilarini kamaytirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qoʻshadi. Ikkalasi ham yuqori Turizm salohiyatiga ega Erzurum va Artvin oʻrtasidagi yoʻl bilan birga yangi imkonlar beradi. Ikkala shahar orqali Kavkazga qarab yoʻl olgan tranzit tashish ham yengillaydi”.-deya gapirdi.

Maqsadlarining Turkiyani dunyoning eng katta 10 iqtisodidan biri holiga keltirish orqali global boshqaruv tizimida yanada samarali kuchga aylantirish ekanini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“Turkiya rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar orasida ham eng keng koʻlamli ham da eng yangi va zamonaviy oʻsish infratuzilmasiga ega davlat sifatida ajralib turadi”.-dedi.



Aloqador xabarlar