Prezident Erdoʻgʻan Turkiya erishgan eksport rekordini ochiqlaydi

Prezident Erdoʻgʻan kelasi hafta Turkiya erishgan eksport rekordini ochiqlaydi.

1753836
Prezident Erdoʻgʻan Turkiya erishgan eksport rekordini ochiqlaydi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning kelasi hafta, Turkiya erishgan eksport rekordini ochiqlashi bildirildi.

Savdo vaziri Mehmet Mush poytaxt Anqarada, Turkiyaning Savdo-sanoat palatalari uyushmasi va birjalar ittifoqida (TOBB) uyushtirilgan Ittifoqning qoʻshma kengashi yigʻilishida ishtirok etdi.

Mush, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi yaratgan salbiy holatlarga qaramay Turkiya iqtisodiyotining 2021-yili yuqori oʻsish nisbatiga erishishga muvaffaq boʻlganini bildirdi.

Turkiyaning eksportda muhim oʻzgarish yoqasida ekanini ham ta’kidlagan Mush,

“Kelasi hafta Hurmatli Prezidentimiz eksportda erishilgan buyuk rekordni ochiqlaydi. Turkiya iqtisodiyoti 2022-yili va undan keyin ham eksport orqali oʻsish qayd etishni davom etadi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar