Prezident Erdoʻgʻan: Ilm-fan Turkiyaning siyosiy mustaqilligining ham kafolatidir

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiya Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TÜBİTAK) va Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA) fan mukofotlarini topshirish marosimida nutq soʻzladi.

1753818
Prezident Erdoʻgʻan: Ilm-fan Turkiyaning siyosiy mustaqilligining ham kafolatidir

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan,

“Ilm-fan faqatgina innovatsiya va texnologiyaning tayanchi emas ayni vaqtda Turkiyaning siyosiy mustaqilligining ham kafolatidir”.-dedi.

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiya Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TÜBİTAK) va Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA) fan mukofotlarini topshirish marosimida nutq soʻzladi.

Erdoʻgʻan unda,

“Sanoatning har bir sohasida muvaffaqiyatga erishgan davlatlardan biriga aylanish maqsadida hormay-toʻlmay yoʻlimizni davom ettirmoqdamiz. Faoliyatimizni texnologik mustaqillik, siyosiy mustaqillikning garovi degan tushuncha bilan davom ettiramiz”.-dedi.

Prezident Turkiyaning oxirgi paytlarda ilm-fanga, olimlarga va texnologiyaga katta sarmoya kiritganini ifoda etgan holda:

“Yurtimiz shu tariqa oʻz texnologiyalarini yanada yuqori pogʻonalarga olib chiqib, saʼy-harakatlari samarasini olish yoʻlida shaxdam qadamlar tashlamoqda”.-deya gapirdi.

Prezident Erdoʻgʻan:

Turkiya global innovatsiya indeksida bu yil birdaniga 10 pogʻona koʻtarilib, 41-oʻringa yetdi va bu orqali eng koʻp oʻsish qayd etgan davlatga aylandi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

“Eksportda oʻtgan oy oxiridan e’tiboran yillik 221 milliard dollarlik raqamga erishdik. Umid qilamizki, joriy hisobning profitsitini bera boshlaydigan kunlar yaqin”.-degan Erdoʻgʻan:

“Maqsadimiz qoʻshimcha qiymatli ishlab chiqarishdir. Biz kuzatgan yoʻl sarmoya, bandlik, ishlab chiqarish, eksport va oʻsish”.-dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar