Erdo'g'an:“Maqsadimiz Turkiyani dunyoning eng yirik 10 iqtisodiyoti qatoriga kiritishdir”

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bu so’zlarni Istanbuldagi Dolmabahche prezidentlik ofisida iqtisodchi va akademiklar ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda tilga oldi.

1752331
Erdo'g'an:“Maqsadimiz Turkiyani dunyoning eng yirik 10 iqtisodiyoti qatoriga kiritishdir”

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an: “Maqsadimiz Turkiyani dunyoning eng yirik 10 iqtisodiyoti qatoriga kiritishdir”,-dedi.

Erdo’g’an bu so’zlarni Istanbuldagi Dolmabahche prezidentlik ofisida iqtisodchi va akademiklar ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda tilga oldi.

Turkiya hukumati ilk bor taxminan 20 yillik uzluksiz rivojlanish jarayonini boshidan kechirganini ta'kidlagan Erdo'g'an, katta iqtisodiy harakatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan infratuzilmani sezilarli darajada yakunlashga muvaffaq bo'lganligini aytdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, mamlakatning Xalqaro Valyuta Jamg’armasiga (IMF) bo’lgan qarzi 2002-yilda Ak partiya hokimiyatga kelganda 23,5 milliard dollarni tashkil qilgan.  Bu qarz 2013-yilning may oyida to’landi.

"Hozirda bizning Xalqaro Valyuta Jamg’armasidan qarzimiz yo'q va biz Xalqaro Valyuta Jamg’armasi bilan hech qanday aloqamiz yo'q",- dedi Turkiya prezidenti.

Iqtisodiyotning tiklanishi bilan Markaziy bankdagi valyuta zaxirasi 115 milliard dollardan oshganini taʼkidlagan Erdo’g’an:

"Zaxiralar bu sur'atda ancha yaxshi holatda bo'ladi. Maqsadimiz mamlakatimizni dunyoning eng yirik 10 ta iqtisodiyoti qatoriga kiritishdir”,-dedi.

“Qisqa vaqt ichida moliyada muvozanatni o‘rnatganimizda, mamlakatimiz kelgusi yoz oylarigacha butunlay boshqacha iqtisodiy muhitga kirganiga guvoh bo‘lamiz”,- deb ilova qilgan Turkiya prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar