Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan muloqot qildi

Prezident Erdo’g’an suhbat avvalida Sadir Japarovni Turkiya va Qirg’iziston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

1752172
Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan muloqot qildi

 

Kecha, 23-dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Prezident Erdo’g’an suhbat avvalida Sadir Japarovni Turkiya va Qirg’iziston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

“Rahbarlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qadamlar bilan bir qatorda mintaqaviy muammolarni ham muhokama qildi. Muzokaralar chog‘ida Turkiya Prezidenti Qirg‘iziston Prezidentini mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan tabrikladi. Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Respublikasi mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olgan davlat ekanini ta’kidladi. U o‘tgan 30 yil davomida mushtarak tarix, madaniyat va qardoshlikka asoslangan turk-qirg‘iz munosabatlari barcha sohalarda izchil va jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi”,- deyilgan Erdo‘g‘an ma’muriyati xabarida. 

Turkiya prezidentining ta’kidlashicha, Anqara va Bishkek ushbu alohida va ahamiyatli yubiley munosabati bilan qabul qilingan qo‘shma bayonotda hamkorlik va hamjihatlikni chuqurlashtirish bo‘yicha mushtarak iroda ko‘rsatgan. 

Suhbat har doimgidek, ochiq, do'stona va konstruktiv ruhda bo'lib o'tdi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Sadir Japarov , #Qirg'iziston , #Turkiya

Aloqador xabarlar