Mustafa Shento’p Chernogoriyada Mehmet Fotih madrasasini ziyorat qildi

Mustafa Shento’pga Chernogoriya Islom ittifoqi prezidenti Rifat Feyzich, Turkiyaning Chernogoriyadagi elchisi So’ngul O’zan va boshqa rasmiylar hamrohlik qildi.

1752056
Mustafa Shento’p Chernogoriyada Mehmet Fotih madrasasini ziyorat qildi

 

Turkiya Parlamenti raisi Mustafa Shento’p Chernogoriyaga tashrifi doirasida Tuzi shahridagi Mehmet Fotih madrasasini ziyorat qildi.

Mustafa Shento’pga Chernogoriya Islom ittifoqi prezidenti Rifat Feyzich, Turkiyaning Chernogoriyadagi elchisi So’ngul O’zan va boshqa rasmiylar hamrohlik qildi.

Vakillar u yerda Mehmet Fotih madrasasi talabalari bilan qisqacha suhbat o’tkazdilar.

Chernogoriyaning ko'p madaniyatli va ko'p millatli bir davlat ekanligini tilga olgan Mustafa Shento’p millatlararo ahillikka e’tibor qaratdi.

Turkiyada ham bosniyaliklar va albanlar kabi turli etnik millatdan insonlar borligini, ular hamjihatlikda tinch hayot kechirayotganligini ta’kidladi.

“Bizning birgina maqsadimiz butun dunyoda o'z e'tiqodlariga ko'ra tinch-totuv yashashlari mumkin bo'lgan muhitni yaratishdir”,-dedi Mustafa Shento’p.

Usmoniy davlati asrlar davomida Bolqon mintaqasida hukm surib, u yerlarni adolatli boshqarganligini aytgan Mustafa Shento’p:

“Bu yerda yashovchi barcha etnik xalqlar oʻz etnik kelib chiqishi, jamoalari, tillari va dinlarini saqlab qolgan, ularning ziyoratgohlari yuz yillar davomida saqlanib qolgan. Usmoniy imperiyasi oʻsha davrda dunyodagi eng katta kuch boʻlgan va uning muassasalari juda yaxshi boshqarilgan. Yaxshi muassasalarga, ayniqsa, taʼlim muassasalariga ega boʻlgan kuchli imperiya edi, butun dunyo undan oʻrnak olishga harakat qilardi”,-deb ilova qilgan Mustafa Shento’p.

Shento’p Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tomonidan Tuzi shahrida restavratsiya qilingan Tuzi Nizom masjidini ham ziyorat qildi va Feyzichdan masjid haqida ma’lumot oldi.

U shuningdek, Chernogoriya poytaxti Podgoritsada natsistlar davri qurbonlari xotirasiga atab bunyod etilgan Goritsa Partizan haykali poyiga gulchambar qo'ydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mustafa Shento‘p , #Chernogoriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar