Turkiya Iroqning Erbil shahrida sel falokatidan zarar ko'rgan oilalarga yordam tarqatdi

Turk Qizil Yarim Oy Jamiyati Iroq delegatsiyasi rahbari Ferhat SUrmeli, Iroq Qizil Yarim Oy jamiyati bilan hamkorlikda Kushtepe mintaqasida yordam tarqatganliklarini bildirdi.

1751426
Turkiya Iroqning Erbil shahrida sel falokatidan zarar ko'rgan oilalarga yordam tarqatdi

 

Turkiya o'tgan hafta Iroqning Erbil shahrida sel falokatidan zarar ko'rgan oilalarga yordam tarqatdi.

Turk Qizil Yarim Oy Jamiyati Iroq delegatsiyasi rahbari Ferhat SUrmeli, Iroq Qizil Yarim Oy jamiyati bilan hamkorlikda Kushtepe mintaqasida yordam tarqatganliklarini bildirdi.

Surmeli, 2000 qishki kiyim, 500 adyol, 380 uyqu xaltasi va 2000 paypoq tarqatilganini qayd etdi.

Erbilda 17 dekabr kuni kuchli yomg'ir tufayli viloyat chegaralaridagi ko'plab mahalla va mintaqalarda sodir bo'lgan sel va toshqinlar oqibatida 12 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Sel suvlari ostida halok bo'lgan 2 kishini qidirish-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarqatdi , #Yordam , #Erbil , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar