Sarikamish harakatining 107-yilligida aziz shahidlar hurmat ila yodga olindi

Sarikamish dostonining 107-yilligiga atab, Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchiligi tomonidan maxsus klip tayyorlandi.

1751424
Sarikamish harakatining 107-yilligida aziz shahidlar hurmat ila yodga olindi

Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchiligi tomonidan Sarikamish dostonining 107-yilligiga atab, maxsus klip tayyorlandi.

Yetakchilik rahbari Faxrettrin Altun tayyorlangan klipni ijtimoiy tarmoq hisobi orqali boʻlishdi.

Altun unda,

“Bosgan yerlaring «Tuproq»!-deb o‘tib ketma, tani! O‘yla uning ostida minglab kafansiz yotganni”. Sarikamish harakatining 107-yilligida istiqlol va istiqbol uchun o‘z jonini fido qilgan aziz shahidlarimizni rahmat, minnat va hurmat ila yodga olaman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Faxrettin Altun tarmoqda bo‘lishgan postiga Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an o‘qigan Arif Nihat Asyaning “Bir bayroq shamol kutmoqda” deb nomlangan she’r bilan Sarikamishda muzlab jon bergan askarlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan klipni ham ilova etdi.

“Sarikamish” amaliyoti (1914-yil 22-dekabr) Birinchi jahon urushi davrida O‘smoniy imperiyasi bilan Rossiya imperiyasi oʻrtasida Sarikamishda quruqlikda yuz bergan toʻqnashuvlardan biri sifatida tarix sahifalarida muhrlanib qolgan.



Aloqador xabarlar