Turkiya Parlamenti raisi Mustafa Shento'p Chernogoriyaga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Podgoritsa xalqaro aeroportida Chernogoriya parlamenti raisi Aleksa Bechich, Turkiyaning Podgoritsadagi elchisi Songul O'zan, Chernogoriya Islom ittifoqi rahbari Rifat Feyzich va boshqa mutasaddi vakillar tomonidan kutib olindi.

1751490
Turkiya Parlamenti raisi Mustafa Shento'p Chernogoriyaga tashrif buyurdi

 

Bugun, 23-dekabr kuni Turkiya Parlamenti raisi Mustafa Shento'p Chernogoriya poytaxti Podgoritsaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Podgoritsa xalqaro aeroportida Chernogoriya parlamenti raisi Aleksa Bechich, Turkiyaning Podgoritsadagi elchisi Songul O'zan, Chernogoriya Islom ittifoqi rahbari Rifat Feyzich va boshqa mutasaddi vakillar tomonidan kutib olindi.

Bugun Chernogoriya parlamenti qarorgohida Turkiya Parlamenti raisi Mustafa Shento'pni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tashrifning asosiy tadbirlari - ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar bugun, 23-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Tashrif doirasida Turkiya va Chernogoriya o'rtasida Parlamentlararo hamkorlik protokoli imzolanadi.

Mustafa Shento'p uchrashuvlar doirasida Chernogoriya Prezidenti Milo Cukanovich tomonidan qabul qilinishi va Bosh vazir Zdravko Krivokapich bilan uchrashishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Turkiya Parlamenti raisi Mustafa Shento'p bundan avval Shimoliy Makedoniya va Serbiyaga tashrif buyurgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Chernogoriya , #Turkiya , #Mustafa Shento‘p

Aloqador xabarlar