Istanbul aeroportida AQSh konsulligi xodimi qo‘lga olindi

Turkiyada AQSh fuqarosi, Amerikaning Bayrutdagi konsulligi xodimi Germaniyaga uchib ketish uchun Suriya fuqarosiga pasportini sotib yuborganlikda gumonlanib hibsga olindi.

1751371
Istanbul aeroportida AQSh konsulligi xodimi qo‘lga olindi

 

Turkiyada AQSH fuqarosi, Amerikaning Bayrutdagi konsulligi xodimi Germaniyaga uchib ketish uchun Suriya fuqarosiga pasportini sotib yuborganlikda gumonlanib hibsga olindi.

Bu haqda Istanbul xavfsizlik boshqarmasi xabar berdi.

 “11 noyabr kuni Istanbul aeroportida pasport nazorati o‘tkazilganda Suriya fuqarosi R.S. boshqa shaxsning pasportini ko‘rsatib, Germaniyaga uchib ketmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Tekshiruv jarayonida pasport Bayrutdagi Amerika konsulligi xodimi, AQSH fuqarosi D.J.K. ga tegishli ekanini ma’lum bo’ldi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, ikki shaxs Istanbul aeroportida uchrashib, bir-birlarining kiyimlarini almashtirgan, shundan so‘ng Amerika diplomatik missiyasi xodimi o‘z pasportini suriyalikka 10 ming dollar evaziga topshirgan. Tintuv chog‘ida pul solingan konvert ham topilgan. 

Har ikki gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Keyinchalik sud AQSH fuqarosini hibsga olgan, suriyalik esa ketmaslik to‘g‘risida tilxat olib qo‘yib yuborilgan.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar