Turkiya Prezidenti yuksak davlat mukofotlarini topshirdi

Bugun, 21-dekabr kuni poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida 2021-yilda madaniyat va sanʼat sohasi rivojiga katta hissa qo'shgan nomzodlarni Prezidentning yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

1750617
Turkiya Prezidenti yuksak davlat mukofotlarini topshirdi

 

Bugun, 21-dekabr kuni poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida 2021-yilda madaniyat va sanʼat sohasi rivojiga katta hissa qo'shgan nomzodlarni Prezidentning yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an mukofotlarni o'z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Tadbirda ma'ruza qilgan Erdo'g'an o'tgan yili fan va madaniyat sohasidagi prezident mukofoti bilan taqdirlangan marhum professor, doktor Teoman Duralini yodga oldi.

“Ikki hafta oldin professor Teoman Durali (u fan va madaniyat sohasidagi mukofot bilan taqdirlangan) bilan vidolashdik. Ustozimiz o‘zining mahalliy va milliy ko'z-qarashlari bilan o‘tgan davrning ilm va donishmand ziyolilaridan biri edi”,-dedi Prezident Erdo'g'an.

Erdo'g'an musiqa sohasida mukofotga loyiq ko'rilgan pianinochi Idil Biret nafaqat Turkiyada, balki xorijda bergan katta konsert dasturlari bilan Turkiya milliy madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shganligini ta'kidladi.

Tantanali marosimda haykaltarosh, kulolchilik sohasi ustasi va dizayner Alev Ebuzziya, turk kinosining rivojiga katta hissa qo'shgan taniqli usta kinoaktyor  Juneyt Arkin prezident mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, xattot, jurnalist va rassom Ethem Chalishkan xattotlik sohasida davlat mukofotiga, jurnalist va yozuvchi Gurbuz Azak esa, adabiyot sohasida mukofotga loyiq deb topildi.

“Biz prezident yuksak mukofotini tafakkuri bilan ilk olamiga eng ko'p ta'sir ko'rsatgan shaxslardan biri Kamol Tohirga topshiramiz. U ko‘plab ziyolilarimiz uchun ilhom manbai bo‘ldi”,- dedi Turkiya prezidenti.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar