Turkiya Filippin hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

"Filippinning markaziy va janubiy hududlariga ta'sir ko'rsatgan "Ray" to'foni ko'plab qurbonlar va yuz minglab odamlarning uylarini tark etishiga sabab bo'lganidan chuqur qayg'udamiz",-deyiladi bayonotda.

1749734
Turkiya Filippin hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Filippindagi to‘fonda ko’plab insonlarning hayotdan ko‘z yumganligi munosabati bilan Filippin hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilgan.

"Filippinning markaziy va janubiy hududlariga ta'sir ko'rsatgan "Ray" to'foni ko'plab qurbonlar va yuz minglab odamlarning uylarini tark etishiga sabab bo'lganidan chuqur qayg'udamiz. Hayotdan ko'z yumganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Do‘st Filippin xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz”,- deyiladi bayonotda.

Filippinda yuz bergan "Ray" to’foni oqibatida 121 kishi hayotdan ko'z yumdi, bedarak yo'qolgan yuzlab aholi qidirilmoqda.

Mamlakatda 780 mingga yaqin odam tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan, 300 ta qishloq evakuatsiya qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Filippin , #Turkiya

Aloqador xabarlar