Chavusho‘g‘lu O‘smon Diakite va Jayhun Bayramov bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, O‘smon Diakite va Jayhun Bayramov bilan uchrashdi.

1744769
Chavusho‘g‘lu O‘smon Diakite va Jayhun Bayramov bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Kot-d’Ivuar Islomiy ishlar Oliy kengashi rahbari Shayx O‘smon Diakite bilan uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu o‘zining Twitter hisobi orqali bergan bayonotida:

“Yurtimizga tashrif buyurgan Kot-d’Ivuar Islomiy ishlar Oliy kengashi rahbari Shayx O‘smon Diakite bilan uchrashdik. Tayin qilingan ushbu muhim vazifasi munosabati bilan tabrikladik”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mevlut Chavusho‘g‘luning Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilgani ma’lum qilindi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra muloqat chog‘ida Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston o‘rtasida qo‘l qo‘yilgan deklaratsiyaning yo‘lga qo‘yilishi, mintaqadagi mavjud vaziyat va mintaqa davlatlari ishtirokida 3+3 hamkorlik platformasining yo‘lga qo‘yilishi ustidan fikr almashgan.

Bayonotda Chavusho‘g‘lu bilan Bayramovning shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlarining (ikki haftadan so‘ng) Pokistonda o‘tkaziladigan navbatdan tashqari yig‘ilishini ham muhokama qilgani bildirildi.

Chavusho‘g‘lu bilan Bayramov uchrashuv chog‘ida, har ikki davlatni ham qiziqtirgan masalalarni ham muhokama qilgan.



Aloqador xabarlar