Turkiya Iroq xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Iroqning Basra shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoralab, do'st va qardosh Iroq xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi.

1744336
Turkiya Iroq xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Iroqning Basra shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoraladi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Iroqning Basra shahrida portlovchi moddalar ortilgan mototsiklda uyushtirilgan terror hujumini qoralagan holda bayonot berdi.

Bayonotda hujumda ko'plab insonning hayotdan ko'z yumgani va tan jarohati olganligidan boxabar bo'lganligi qayd etilgan.

"Ushbu jirkanch terror harakatini qoralaymiz, hujumda hayotdan ko'z yumganlarni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Yaradorlarga shifo tilaymiz. Do'st va qardosh Iroq xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiramiz. Turkiya bundan keyin ham terrorizmga qarshi kurashda Iroq xalqi va hukumatining yonida bo'ladi",-deyiladi bayonotda.

 


Tanlangan kalimalar: #Basra , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar