Erdo'g'an Dohada Qatar Amiri tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Qatar davlat madhiyalari yangradi.

1744048
Erdo'g'an Dohada Qatar Amiri tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an rasmiy tashrif bilan Qatar poytaxti Dohaga yetib bordi.

Oliy martabali mehmon Qatar Amiri Shayx Tamim Ibn Hamad Al Sani tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Tantanali marosimda Prezident Erdo’g’an va Qatar Amiri Al Sani marosim maydonida o’z joylarini egallashi bilan ikki davlatning milliy madhiyalari yangradi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Erdo’g’an va Al Sani faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Marosimda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Savdo vaziri Mehmet Mush, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli, Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Turkiya prezidenti huzuridagi Aloqa va kommunikatsiya departamenti rahbari Fahrettin Altun, Milliy razvedka tashkilotirahbari Hakan Fidan, Prezident huzuridagi Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbarii Ismoil Demir, Prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi o‘rinbosari va partiya matbuot kotibi O‘mer Chelik, Din ishlari boshqarmasi rahbari Ali Erbash ishtirok etdi.

Rasmiy kutib olish marosimidan so’ng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Samimiyat va ishonch ruhida o‘tgan uchrashuvda yetakchilar ko‘p qirrali Turkiya – Qatar sherikligiga doir keng ko‘lamli masalalarni, shu jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni ko‘rib chiqdilar, xalqaro va mintaqaviy kun tartib yuzasidan fikr almashdilar.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar