Bu yil 186 nafar terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi

Ko‘ndirish faoliyatlari natijasida bu yil 186 nafar terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi.

1742521
Bu yil 186 nafar terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi

PKK terror tashkiloti tarkibidan qochgan 4 nafar tashkilot a’zosi koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻldi. Qayd etilishicha ulardan biri, qidiruvdagi terroristlar roʻyhatining kul rang kategoriyasiga kiritlgan terroristlardan biri edi.

Ichki ishlar vazirligi koordinatsiyasida Jandarmeriya qoʻmondonligi va Milliy Politsiya idorasi tomonidan olib borilgan koʻndirish faoliyatlari natijasida, PKK terror tashkiloti tarkibidan qochgan 1 nafari qidiruvdagi terroristlar roʻyhatining kul rang kategoriyasiga kiritilgan jami 4 nafar tashkilot a’zosi kecha xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi.

Taslim bo‘lgan tashkilot a’zolarining 2011 va 2014 yillar orasida terror tashkiloti tarkibiga kirgani va Suriya, Eron va Iroqda faoliyat olib borgani aniqlandi.

Davom etayotgan ko‘ndirish faoliyatlari natijasida 2021-yili taslim boʻlgan tashkilot aʼzolari soni 186 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar