Turkiya dengiz to‘pi ishlab chiqargan dunyoning kamdan-kam davlatlaridan biriga aylandi

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada uyushtirilgan Mashinasozlik va kimyo sanoati Dengiz to‘pini quruqlikdan otish dasturiga videomurojaat yubordi.

1742170
Turkiya dengiz to‘pi ishlab chiqargan dunyoning kamdan-kam davlatlaridan biriga aylandi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning, o‘zi ishlab chiqargan milliy dengiz to‘pi orqali bundan buyon bu qurol tizimini ishlab chiqargan dunyoning kamdan-kam davlatlaridan biri qatoridan o‘rin olganini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Qoniyaning (Konya) Karapinar tumanida uyushtirilgan Mashinasozlik va kimyo sanoati Dengiz to‘pini quruqlikdan otish dasturiga videomurojaat yubordi.

Erdo‘g‘an, (bugun) Turkiya Mudofaa sanoati uchun tarixiy kun ekanini ta’kidlagan holda:

“Dengiz to‘plari - bu dengiz flotlarining voz kechilmas unsuri sifatida oldingi o‘rindagi qurol tizimlaridir. Harbiy kemalarning zarba beruvchi kuchi hisoblangan bu qurol tizimlari, janglarda muhim rol o‘ynaydi”.-dedi.

Turkiya sifatida mudofaa sanoatini mahalliylashtirish sa’y-harakatlariga qariyb bir yil oldin dengiz to‘pini ham ilova etganliklarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, boshqa sohalarda bo‘lganidek dengiz to‘pida ham o‘lkaning tashqariga bo‘lgan qaramliligini bartaraf etganliklarini bildirdi.

Erdo‘g‘an:

“Turkiya, o‘zi ishlab chiqargan milliy dengiz to‘pi orqali bundan buyon bu qurol tizimini ishlab chiqargan dunyoning kamdan-kam davlatlaridan biri qatoridan o‘rin oldi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar