Chavusho‘g‘lu: Ukrainadagi inqiroz diplomatik yo‘llar orqali hal qilinishi kerak

Chavusho‘g‘lu, Shvetsiyada uyushtirilgan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining navbatdagi Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

1742221
Chavusho‘g‘lu: Ukrainadagi inqiroz diplomatik yo‘llar orqali hal qilinishi kerak

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Ukrainadagi inqirozning diplomatik yo‘llar orqali hal qilinishi kerakligini bildirdi.

Chavusho‘g‘lu, Shvetsiyada uyushtirilgan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining navbatdagi Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

YeXHT tarkibidagi davlatlarning xavfsizlik muammolarining samarali hal qilinishi kerakligiga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu:

“Janubiy Kavkazda doimiy tinchlik oʻrnatish uchun imkoniyatlar mavjud. Minsk guruhi hamraislari (Rossiya, Fransiya va AQSh) guruhning doimiy aʼzolari bilan (Belarus, Germaniya, Italiya, Portugaliya, Niderlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Turkiya va mojaro tomonlari bo‘lgan Ozarbayjon va Armaniston) birgalikda yangi haqiqatlar asosida hissa qo‘shishlari mumkin. Ukrainadagi inqirozni diplomatik yo‘llar orqali hal qilish imkoni bor. Minsk kelishuvlari va xalqaro huquq normalariga rioya qilish muhimdir. Qrim-tatarlarga qarshi inson huquqlari poymol qilinishidan ham xavotirdamiz”.-dedi.

Chavusho‘g‘lu, Gruziya va Moldovada tinch va barqaror yechim harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ishlarining davom etishi kerakligini ta’kidladi.

Chavusho‘g‘lu, mushtarak qadriyatlarga tahdid solayotgan ikki masala borligini qayd etgan holda:

“Birinchidan, YeXHTning turli davlatlarida chet elliklarga bo‘lgan dushmanlik, islomofobiya va antisemitizm avj olmoqda. Biz bu xavfli moyilliklarga ko‘z yumolmaymiz. Ikkinchidan, terror tashkilotlarining insoniy o‘lchovdagi yig‘ilishlarda ishtirok etishiga ruxsat berish orqali, bir paytlar bir ovozdan qabul qilingan qoidalar ko‘rmaslikka olinmoqda. Bu 1992-yildagi Xelsinki hujjati va uning ustida kelishib olingan boshqa hujjatlarning mazmuniga ziddir”.-deya gapirdi.

Turk Davlatlari Tashkilotini YeXHT Vazirlar ig‘ilishiga mehmon sifatida taklif qilgani uchun Shvetsiyaning davr yetakchiligiga minnatdorchilik bildirgan Chavusho‘g‘lu tashkilotning, YeXHTning mushtarak sa’y-harakatlariga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar