Matbuot sharhlari 29.11.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1740226
Matbuot sharhlari 29.11.2021

Hürriyet gazetasi: Erdoʻgʻan: Xalqaro hamkorlik, terrorga qarshi kurashda hayotiy ahamiyatga ega. Prezident Erdoʻgʻan mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning, terrorga qarshi kurashda hayotiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan holda: “Kurashimizni, terror tashkilotlarini bir-biridan ajratmay davom ettirishimiz zarur”.-dedi. Erdoʻgʻan shuningdek: “Mintaqamiz PKK, YPG, Fetullahchi terror tashkiloti (FETO), DEASh kabi qoʻli qonli terror tashkilotlaridan qutqarilganida tinchlik, barqarorlik va iqtisodiy rivoj ham jadal tus oladi”.-deya gapirdi.  

Yeni Şafak gazetasi: Erdoʻgʻan doʻst va qardosh davlatlar e’tiborini ShKTRga qaratdi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turkmaniston poytaxti Ashxobotda uyushtirilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn beshinchi sammitida nutq soʻzladi. Prezident Erdoʻgʻan ushbu nutqida Kipr masalasiga e’tibor qaratgan holda, mustaqillik va xalqaro maqom jihatidan oroldagi turk xalqining teng huquqining roʻyhatdan oʻtishi, muammoni hal qilishning eng asosiy kaliti ekanini qayd etdi. Erdoʻgʻan nutqi yakunida: “Barcha doʻst va qardosh oʻlkalardan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi muammosini hal qilish yoʻllarini hech qanday shartsiz baholashini xohlayman”.-dedi.  

Star gazetasi: ShKTR qoʻllab-quvvatlashlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, “Birinchi marotaba Jenevada muzokara roʻyhatiga kiritilgan va muammoning ikki boshqa davlat mustaqilligi asosida hal qilinishini talab qilgan taklifimiz kun tartibidagi oʻrnini saqlab qolar ekan, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning Turkmanistondagi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida soʻzlagan nutqida, barcha doʻst va qardosh oʻlkalardan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi muammosini hal qilish yoʻllarini hech qanday shartsiz baholashini xohlashi, kuchimizga-kuch qoʻshdi.”-dedi.   

Haber Türk gazetasi: Eron: Turkiya bilan boʻlgan munosabatlarning koʻp jihatdan rivojlantirilishi haqida qaror qabul qilindi. Eron Tashqi ishlar vaziri Husayin Amir Abdullohiyan Twitter orqali bergan bayonotida, Prezident Erdoʻgʻan bilan eronlik kasbdoshi Ibrohim Rayisiy oʻrtasida Turkmanistonda oʻtkazilgan uchrashuvda, ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni koʻp tomonli rivojlantirish haqida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

Sabah gazetasi: Turkiya Idlibda yangi shahar barpo etdi. Suriyada chodirlarda jon saqlagan yuz minglab tinch aholining yordamiga yugirgan Turk Qizil yarim oy jamiyati, briket uylardan iborat yangi shahar barpo etdi. Turk Qizil yarim oy jamiyati rahbari Kerem Kinik, “Turkiya muhojirlarning Yevropaga koʻchisihini oldini olmoqda”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar