Turkiya-Suriya chegarasidagi otishmada turk harbiy halok bo’ldi

Turkiyaning Kilis viloyatida noqonuniy yo’llar bilan Turkiya chegarasidan Suriya tomonga o’tishga uringan kimligi noma’lum shahxlarga nisbatan tintuv vaqtida yuz bergan otishmada chegarada xizmat qilgan turk harbiy halok bo’ldi.

1739066
Turkiya-Suriya chegarasidagi otishmada turk harbiy halok bo’ldi

 

Turkiya-Suriya chegarasidagi otishmada turk harbiy halok bo’ldi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Turkiyaning Kilis viloyatida noqonuniy yo’llar bilan Turkiya chegarasidan Suriya tomonga o’tishga uringan kimligi noma’lum shahxlarga nisbatan tintuv vaqtida chegarada xizmat qilgan turk harbiy halok bo’ldi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiya-Suriya chegarasida turk harbiyning halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Qahramon chegarachimiz 2021-yil 26-noyabr kuni shahid bo‘ldi. Qahramon shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo‘lsin! Milliy Mudofaa vazirligi nomidan, qolaversa o‘z nomimdan uning qayg‘uli oila a’zolariga hamda aziz xalqimizga hamdardlik va sabr tilayman”,-deb ta’ziya bildiradi Hulusi Akar.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar