BAA valiahd shahzodasi Al Nahyon ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

Tashrif chog'ida Turkiya va BAA o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar har tomonlama ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ikki mamlakat o'rtasida ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilinadi.

1737451
BAA valiahd shahzodasi Al Nahyon ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Birlashgan Arab Amirliklari valiahd shahzodasi Shayx Muhammad Ibn Zayed Al Nahyon ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi.

Turkiya prezidenti huzuridagi aloqa departamenti tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad Ibn Zayed Al Nahyon Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keladi.

Poytaxt Anqarada bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda Turkiya va BAA o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar har tomonlama ko'rib chiqiladi. Shuningdek, ikki mamlakat o'rtasida ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilinadi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlardan tashqari dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish ham ko‘zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BAA

Aloqador xabarlar