Turkiya Bolgariya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

“Ushbu fojiali voqealar natijasida hayotdan ko‘z yumganlarning oila a’zolariga, Bolgariya va Shimoliy Makedoniya hukumatlari va xalqlariga hamdardlik bildiramiz hamda jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

1737448
Turkiya Bolgariya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Bolgariyadagi avtohalokat va qariyalar uyidagi yong'inda ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan Bolgariya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Bolgariyaning Varna shahridagi qariyalar uyida sodir bo'lgan yong'in va turistlarni olib ketayotgan avtobusning YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘lganligidan chuqur iztirobda ekanligi qayd etilgan.

“Ushbu fojiali voqealar natijasida hayotdan ko‘z yumganlarning oila a’zolariga, Bolgariya va Shimoliy Makedoniya hukumatlari va xalqlariga hamdardlik bildiramiz hamda jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

NOVA televideniyesining xabariga ko'ra, Sofiya g'arbidagi Pernik shahri yaqinidagi Bosnek qishlog'i hududida Shimoliy Makedoniya rusumli avtobus yo'l chetidagi to'siq bilan to'qnashib ketganidan so'ng yonib ketgan va Shimoliy Makedoniyaning 46 fuqarosi halok bo'lgan. Qurbonlarning 12 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Avtobusda jami 52 kishi bo‘lgan, ularning yetti nafari omon qolgan.

Bolgariya sharqida Varna shahri yaqinidagi Royak qishlog'idagi qariyalar uyida sodir bo'lgan yong'inda 9 kishi halok bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #Bolgariya , #Turkiya

Aloqador xabarlar