Rumen Radev prezident saylovlarining ikkinchi turida g'alaba qozondi

Bolgariyaning amaldagi prezidenti Rumen Radev prezident saylovlarining ikkinchi turida 67 foizga yaqin ovoz to‘pladi.

1736968
Rumen Radev prezident saylovlarining ikkinchi turida g'alaba qozondi

 

Bolgariyaning amaldagi prezidenti Rumen Radev prezident saylovlarining ikkinchi turida 67 foizga yaqin ovoz to‘pladi.

Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 99,4 foizini sanab chiqqan. Uning raqibi Sofiya universiteti rektori Anastas Gerjikov siyosatda boshqa ishtirok etmaslikka qaror qilgan.

Ovoz berish jarayonlarining natijasi:

  • Rumen Radev — 66,67 foiz (1,5 million ovoz);
  • Anastas Gerjikov — 31,85 foiz (732 ming);
  • barchaga qarshi — 1,48 foiz (34 ming).

Anastas Gerjikov g‘oliblarni — Rumen Radev va vitse-prezidentlikka nomzodni tabriklagan. U yaqin besh yil ichida o‘z prognozlari emas, “ularning va’dasi” amalga oshishiga umid bildirgan.

Mamlakatda prezidentlikka saylovlarning birinchi bosqichi 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi. 23 nafar nomzodning hech biri 50 foiz ovoz to‘play olmagan. Birinchi bosqichda Radevga saylovchilarning 49,42 foizi, Gerjikovga 22,83 foizi ovoz bergandi.


Tanlangan kalimalar: #Rumen Radev , #Bolgariya

Aloqador xabarlar