Turkiya O‘zbekiston boshdan kechirayotgan islohot va o‘zgarishlar jarayonini yaqindan kuzatmoqda

Mustafa Shento‘p, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston-Turkiya parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Akmal Saidov va unga hamrohlik qilgan hay’atni qabul qildi.

1735929
Turkiya O‘zbekiston boshdan kechirayotgan islohot va o‘zgarishlar jarayonini yaqindan kuzatmoqda

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘p, O‘zbekistonning boshdan kechirayotgan islohot va o‘zgarishlar jarayonini yaqindan kuzatib borayotganliklarini qayd etdi.

Mustafa Shento‘p, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston-Turkiya parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Akmal Saidov va unga hamrohlik qilgan hay’atni qabul qildi.

O‘zaro tashriflarning ikki tomonli munosabatlarni rivojlantirish jihatidan muhim ekanini ta’kidlagan Shento‘p:

“Qardoshlik qonunchiligiga asoslangan strategik hamkorligimizning, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishi orqali ham qo‘llab-quvvatlanishi kerakligiga ishonchim komil”.-deya gapirdi.

“O‘zbekiston va o‘zbek qardoshlarimiz xalqimiz qalbida alohida o‘rin tutadi”.-degan Shento‘p, deputatlarning ham tez-tez uchrashuvlar, tashriflar uyushtirish orqali bunga munosib muhit yaratishga harakat qilishlari kerakligini ta’kidladi.

Mustafa Shento‘p Turkiston geografiyasining yetakchi davlati hisoblangan O‘zbekistonning, turk va islom sivilizatsiyasining eng go‘zal asarlariga ega bo‘lishdan tashqari siyosat, iqtisodiyot va jamiyat jihatidan ham kundan-kunga rivojlanib, kuchayib borayotgan bir davlat ekanligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Bu holatdan xursand ekanliklarini yetkazgan Shento‘p, O‘zbekistonning boshdan kechirayotgan islohot va o‘zgarishlar jarayonini yaqindan kuzatib borayotganliklarini qayd etdi.

Shento‘p,

“O‘zbekistonning, Turk Davlatlari Tashkilotiga a’zo bo‘lganidan juda mamnunmiz”.-dedi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston-Turkiya parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Saidov esa, ham Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TÜRKSOY) ham da Turk Davlatlari Tashkilotida hamkorlikda ish olib borishlarini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar