TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1735745
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Iroq shimolidagi Hakurk hududida terroristlarga qarshi Qurolli Uchuvchisiz havo transportlari orqali amaliyot uyushtirilgani ma’lum qilindi.

Bayonotda,

“Turk Qurolli kuchlari va Milliy Razvedka Tashkilotining muvofiqlashtirilgan faoliyatlari natijasida Iroq shimolidagi Hakurk hududida aniqlangan PKK tarkibidagi 5 terrorist, Qurolli Uchuvchisiz havo transportlari yordamida yo‘q qilindi. Terrorizmga qarshi kurashimiz samarali va qarorli ravishda davom etadi”.-deyildi.

Milliy Razveda tashkiloti va Turk Qurolli kuchlarining Iroq shimolidagi amaliyotida yo‘q qilingan terroristlar orasida, PKK /KJK asoschilaridan kod nomi “Fuat” bo‘lgan Ali Haydar Kaytanning ham borligi aniqlandi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Kaytanning o‘limi, PKK tarkibidan chiqishlarning oldini olish va terroristlar kayfiyatini buzmaslik maqsadida tashkilot tomonidan yashirin tutildi. Terrorist Kaytanning jasadi, faqatgina oliy darajali tashkilot a’zolari tomonidan bir joyga ko‘milib, dafn ishlarini amalga oshirgan PKK a’zolari tashkilot tomonidan qatl qilindi.  



Aloqador xabarlar