Chavusho‘g‘lu ertaga Moldovaga amaliy tashrif uyushtiradi

Chavusho‘g‘lu, Niku Popeskuning taklifiga binoan ertaga Kishinyovda bo‘ladi.

1735222
Chavusho‘g‘lu ertaga Moldovaga amaliy tashrif uyushtiradi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ertaga Moldovaga amaliy tashrif uyushtiradi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Chavusho‘g‘luning Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri Niku Popeskuning taklifiga binoan Kishinyovga borishi bildirildi.

Mevlut Chavusho‘g‘lining ushbu tashrif doirasida Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri Popesku bilan uchrashishi, Prezident Maia Sandu, Parlament raisi Igor Grosu va Bosh vazir Natalia Gavrilita tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar