Hulusi Akar Mo‘g‘uliston Mudofaa vaziri Sayhanbayar Gursed bilan uchrashdi

Hulusi Akar Mo‘g‘uliston Mudofaa vaziri Sayhanbayar Gursedni harbiy marosim bilan kutib oldi.

1734475
Hulusi Akar Mo‘g‘uliston Mudofaa vaziri Sayhanbayar Gursed bilan uchrashdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Mo‘g‘uliston Mudofaa vaziri Sayhanbayar Gursed bilan uchrashdi.

Akar, Turkiya-Mo‘g‘uliston Qo‘shma iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishi munosabati bilan Turkiyaga kelgan Gursedni Milliy Mudofaa vazirligida harbiy marosim bilan kutib oldi.

Ikkala vazir o‘zaro uchrashuv ortidan hay’atlararo uchrashuvga raislik qildi.

Unda Hulusi Akar tomonidan Turkiya va Mo‘g‘uliston o‘rtasida kuchli tarixiy va madaniy aloqalar borligi, harbiy ta’lim va mudofaa sanoati sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi, FETOga qarshi kurashda hamkorlikning ahamiyati ifoda etildi.

Yig‘ilish yakunida Milliy Mudofaa vaziri Akar va Mo‘g‘uliston Mudofaa vazri Gursed tomonidan ikkala mamlakat o‘rtasida harbiy tarix, arxivlar, muzeylar va nashriyot sohalarida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

 



Aloqador xabarlar