Turk kengashi nomi “Turk Davlatlari Tashkiloti” deb o‘zgartirildi

Erdo‘g‘an Istanbuldagi Demokratiya va erkinliklar orolida o‘tkazilgan Turk kengashining navbatdagi sammiti ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

1733308
Turk kengashi nomi “Turk Davlatlari Tashkiloti” deb o‘zgartirildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

“Yangi nomimiz va tuzilmamiz boʻlgan Turk Davlatlari Tashkiloti bilan bundan buyon yana-da jadal ayniqsa, qatʼiyat bilan ildiz otib oʻsamiz, rivojlanib gullab-yashnaymiz”.-dedi.

Erdo‘g‘an Istanbuldagi Demokratiya va erkinliklar orolida o‘tkazilgan Turk kengashining navbatdagi sammiti ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, “(Turk kengash) Kengashimizning nomi bundan buyon Turk Davlatlari Tashkilotidir!”-degan holda:

“Yangi nomimiz va tuzilmamiz boʻlgan Turk Davlatlari Tashkiloti bilan bundan buyon yana-da jadal ayniqsa, qatʼiyat bilan ildiz otib oʻsamiz, rivojlanib gullab-yashnaymiz”.-deya gapirdi.

Erdo‘g‘an, madaniyatlar beshigi bo‘lmish Turkiston geografiyasining butun insoniyat uchun takror joziba va ma’rifat markaziga aylanishini qayd etdi.

Rejep Tayyip Erdoʻgʻan sammitda, tashkilotning kelajak istiqbolini shakllantiruvchi “Turk dunyosi 2040” vizyon hujjatini ham qabul qilganliklarini ifoda etdi.

Prezident Erdoʻgʻan:

“Bugun mana shu yerda biz tushgan fotosuratni, Turk dunyosi sifatida oʻrtamizdagi abadiy birodarlikning yangi nishoni deb bilamiz. Hech kim Turk Davlatlari Tashkilotidan bezovta boʻlmasligi, qadimiy va insoniy munosabatlar ustidan koʻtarilgan bu noyob tuzilmaning bir boʻlagi boʻlishga urinishi kerak”.-dedi.

Erdoʻgʻan,

“Pandemiya (Covid-19) davrida oʻz imkoniyatlarimizni baham koʻrish orqali Turk dunyosi sifatida birga ekanimizni yana bir bor namoyon etdik. Turk kengashi sifatida Afrikaga 2,5 million doza vaktsina yuboramiz. Buning 2 millionini Turkiya ajratib beradi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar