Faxrettin Altun: 300 millionlik Turk dunyosi takror uygʻonmoqda

Altun ijtimoiy tarmoq orqali Turk kengashi haqida videolavha boʻlishdi.

1733313
Faxrettin Altun: 300 millionlik Turk dunyosi takror uygʻonmoqda

Prezidentlik apparati Aloqalari boʻlimi yetakchisi Faxrettin Altun:

“Turk kengashi bugun Istanbulda, Demokratiya va erkinliklar orolida yigʻilish oʻtkazmoqda. Yana bir bor birgalikda ‘umumiy oʻtmish, mushtarak kelajak’ deyapmiz. Iqtisodiyotdan diplomatiyaga, taʼlim-tarbiyadan tortib bir necha sohada strategik hamkorligimizni yana-da mustahkamlayapmiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Altun ijtimoiy tarmoq orqali Turk kengashi haqida videolavha boʻlishdi.

Faxrettin Altun unda:

“Bir qavm, bir til, bir din va mushtarak oʻtmish asrlar davomida xorijiy kuchlar ta’sirida bir-biridan ajragan 300 millionlik Turk dunyosi takror uygʻonmoqda”.-degan ifodalar bilan boshlagan videolavhada, Turk kengashining tashkil topishi haqida gap ketmoqda. Turk kengashi tarkibida olib borilgan ba’zi loyihalarga ham toʻxtalgan tasvirda, quyidagi soʻzlar oʻrin olgan:

“O‘zining ulkan salohiyatidan xabardor boʻlgan Turk dunyosi, Turk kengashi quchogʻida mushtarak qadriyatlar va oʻtmish yorugʻligida kelajak tomon yana-da shaxdam qadamlar tashlamoqda. 2040-yilga moʻljallangan loyihalar asosida pasportsiz Turk dunyosida erkin sayohat qila olish, a’zo davlatlar oʻrtasida erkin savdo mintaqalarining tashkil etilishi kabi maqsadlar bilan yangi davrga kirgan Turk kengashi, kelasi davrning tamalini tashkil etish uchun Istanbulda yigʻilish oʻtkazmoqda. Quvonchlari qaygʻulari bir boʻlgan Turk dunyosi Turk kengashi bilan kelajakka ishonch bilan qaramoqda”.

 



Aloqador xabarlar