Erdo'g'an va qardosh mamlakatlar rahbarlari bayroq ko‘tarish marosimida ishtirok etdi

Tantanali ravishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari ko‘tarildi.

1733259
Erdo'g'an va qardosh mamlakatlar rahbarlari bayroq ko‘tarish marosimida ishtirok etdi

 

Istanbul shahrida bugun, 12-noyabr kuni Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumotga ko‘ra, marosimda mezbon davlat Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tantanali ravishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari ko‘tarildi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yana-da rivojlantirish muhim ekanini taʼkidladi hamda ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim o‘rin tutishiga umid bildirdi.

Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiy Kengash , #Turkiya

Aloqador xabarlar