Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Anitkabirni ziyorat qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an davlat rasmiylari bilan birga Anitkabirga tashrif buyurdi. Erdog’an Anitkabir xotira daftariga o’zining dil izhorini yozib imzo chekdi.

1726558
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Anitkabirni ziyorat qildi

 

Bugun Turkiya Respublikasi o’zining 98 yoshini qutlamoqda.

Shu munosabat bilan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an davlat rasmiylari bilan birga Turkiya Respublikasiga asos solgan ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturkning qabri joylashgan Anitkabir yodroglik majmuasini ziyorat qildi.

Prezident Erdog’an Anitkabir xotira daftariga o’zining dil izhorini yozib imzo chekdi.

Erdo‘g‘on xotira daftariga quyidagilarni yozdi:

"Hurmatli Otaturk! Respublikamizning 98 yilligini nishonlashdan faxrlanayotgan ushbu ulug’ kunda qahramon shahidlarimizni hurmat bilan yodga olamiz. Shahidlarimiz bizga ishonib topshirgan Respublikamizni mustahkamlash, obro'sini ko’tarish va dunyoning eng qudratli 10 iqtisodiyoti qatoriga kiritish uchun kechayu kunduz mehnat qilmoqdamiz. Butun insoniyat jiddiy inqirozlarga qarshi kurashayotgan bir paytda Turkiya koronavirus (Kovid-19) epidemiyasiga qaramay, eksport, ishlab chiqarish va sarmoyadagi muvaffaqiyatlari bilan rivojlanish yoʻlida davom etmoqda. Shonli tarixi g‘alabalarga boy bo‘lgan qahramon xalq vakillari sifatida biz Respublikamizni 2023-yilga mo‘ljallangan maqsadlari sari yetaklashga ahd qildik. Ruhingiz shod bo‘lsin!”

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Anitkabir , #Turkiya

Aloqador xabarlar