Turkiya Chernogoriyaga 100 ming doza vaksina yubordi

Bugun, 28 oktyabr kuni poytaxt Podgoritsaga yetib borgan “Sinovak” vaksinasining 100 ming dozasi respublika vakillari tomonidan qabul qilib olindi.

1726049
Turkiya Chernogoriyaga 100 ming doza vaksina yubordi

 

Turkiya koronavirusga qarshi beg'araz yordam qatorida Chernogoriyaga 100 ming doza vaksina yubordi.

Bugun, 28 oktyabr kuni poytaxt Podgoritsaga yetib borgan “Sinovak” vaksinasining 100 ming dozasi respublika vakillari tomonidan qabul qilib olindi.

“Sinovak” vaksinasini qabul qilib olgan Chernogoriya sog'liqni saqlash vaziri Jelena Boronovich Bojovich Turkiya hukumatining ko'rsatgan beg'araz yordami ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi aloqalarning yorqin ifodasi ekanligini ta'kidlab, Turkiya hukumati vakillariga minnatdorlik bildirdi.

U shuningdek, barcha fuqarolarni vaksina qabul qilishga chaqirdi.

Turkiyaning Chernogoriyadagi elchisi Song’ul Ozan ham hamkorlik va birdamlik bilan epidemiyaga qarshi yanada faol kurash olib borilishini va vaksinalar bilan epidemiya tezroq bartaraf etilishini tilga oldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Chernogoriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar