Prezident Erdoʻgʻan: Togʻli Qorabogʻ muhim tranzit-logistik markazlardan biriga aylanadi

Erdoʻgʻan bir kunlik amaliy tashrif uyushtirgan Ozarbayjonda Prezident Ilhom Aliyev bilan Birinchi Ogʻali qishlogʻida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1725594
Prezident Erdoʻgʻan: Togʻli Qorabogʻ muhim tranzit-logistik markazlardan biriga aylanadi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Togʻli Qorabogʻning muhim tranzit logistik markazlaridan biriga aylanishini belgilab oʻtgan holda:

“Bir kun kelib biz Zangezurdan chiqib Istanbulgacha bora olamiz va mintaqaning tranzit logistik markazga aylanish ehtimoli kuchayadi”.-dedi.

Erdoʻgʻan bir kunlik amaliy tashrif uyushtirgan Ozarbayjonda Prezident Ilhom Aliyev bilan Birinchi Ogʻali qishlogʻida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdoʻgʻan Ozarbayjon-Armaniston munosabatlari haqida: 

“Butunlay tinchlik oʻrnashi va sogʻinib kutilgan oddiy hayot sharoitiga oʻtilishi uchun atrof-muhit bugun har doimgidan ham qulayroqdir”.-deya gapirdi.

Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Armaniston Ozarbayjonga samimiy irodasini koʻrsatsa unda Turkiya bilan boʻlgan munosabatlarining normallashishiga hech qanday toʻsiq qolmasligini qayd etdi.

Erdo‘g‘an Ozarbayjonning qo‘shnilari bilan boʻlgan munosabatlari haqida esa shunday dedi:

“Chegaralar belgilab olinib, oʻzaro tan olinishi zarur. Yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarining eng asosiy talabi mana shu tushunchaga bogʻliqdir”.

Matbuot anjumanida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev esa:

“Oʻz xalqi, davlati va uning manfaatlari bilan gʻururini himoya qilgan lider (Rajap Tayyip Erdoʻgʻan) bugun Ozarbayjonda. Erdoʻgʻan butun Turk dunyosi uchun eng muhim omillardan biridir”.-dedi.

Zangezur yoʻlagining butun Turk dunyosini birlashtirishini ifoda etgan Aliyev:

“Turkiya ham, Ozarbayjon ham Zangezur yoʻlagi uchun kerakli qadamlarni tashlaydi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar