Hulusi Akar serbiyalik kasbdoshi bilan uchrashdi

Akar Stefanovichni Milliy Mudofaa vazirligida harbiy marosim bilan kutib oldi.

1725892
Hulusi Akar serbiyalik kasbdoshi bilan uchrashdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Serbiya Bosh vazir o‘rinbosari va Mudofaa vaziri Neboysa Stefanovich bilan uchrashdi.

Akar Stefanovichni Milliy Mudofaa vazirligida harbiy marosim bilan kutib oldi.

Ikki vazir avvalom bor o‘zaro ortidan esa hay’atlararo uyushtirilgan uchrashuvga raislik qildi.

Unda o‘zaro va mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Hulusi Akar, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan chizilgan doirada ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha aloqalarning rivojlanishi masalasining jadal tusda davom etishini bildirdi.

Turkiya va Serbiya o‘rtasidagi muloqotning mintaqa tinchligi va barqarorligiga hissa qo‘shganini ta’kidlagan Akar, Bolqon tuproqlaridagi tinchlik va barqarorlikning Turkiyaning ustuvor masalalari qatorida o‘rin olganini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar