Erdo‘g‘an bilan Baydenning Glazgodagi uchrashuvida F-35 eng muhim kun tartibi masalasi bo‘ladi

Prezident Erdo‘g‘an, (kechagi) bir kunlik Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida uchoqda jurnalistlarga bayonot berdi.

1725887
Erdo‘g‘an bilan Baydenning Glazgodagi uchrashuvida F-35 eng muhim kun tartibi masalasi bo‘ladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat rahbari Jo Bayden bilan Shotlandiyaning Glazgo shahrida uchrashuv o‘tkazishini bildirdi.

“Albatta, bu uchrashuvdagi eng muhim moddamiz F-35 (qiruvchi uchoqlar) masalasi”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, (kechagi) bir kunlik Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida uchoqda jurnalistlarga bayonot berdi.

Erdo‘g‘an ushbu tashrifi paytida Ozarbayjonning (30 yilga yaqin davom etgan arman) ishg‘oldan qutqargan tuproqlarida amalga oshirgan qayta tiklash va taraqqiyot faoliyatlarini yaqindan ko‘rib chiqqani, mintaqadagi iqtisodiy salohiyatning jonlantirilishi, transport liniyalarini yaxshilash va yangilarini qurish faoliyatlari bilan tanishib chiqqanini bildirdi.  

Ozarbayjonning Isroil bilan bo‘lgan tijoriy hamkorligiga Erondan kelgan e’tirozlarni ham baholagan Erdo‘g‘an, mamlakatlarning bir-birining qaror mexanizmlariga aralashmaslik kerakligini ta’kidlab, Eronning bu yerda oqilona harakat qilishidan umidvorligini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, qamoqdagi O‘smon Kavalaning ozod etilishi uchun 10 elchining chaqirig‘i va ularga Turkiyaning munosabati haqida esa:

“Biz tashlagan qadam kimlar uchundir kuch ko‘rsatish masalasi emas, bu shunchaki Turkiyada ishlayotgan elchilarning Turkiyaning ichki ishlariga aralashmasligi kerakligini anglatadi. Hech qaysi elchi qabul qiluvchi davlatning ichki ishlariga aralashish huquqiga ega emas”.-dedi

AQSh gazetalarining bu boradagi sarlavhalarini baholagan Erdo‘g‘an:

“Mening kitobimda orqaga qadam tashlash yo‘q”.-deya gapirdi.

AQSh Prezidenti Bayden bilan Glazgoda o‘tkazadigan uchrashuviga ham to‘xtalib o‘tgan Erdo‘g‘an bu haqida shunday dedi:

“Albatta, bu uchrashuvda ham eng muhim moddamiz; ma’lum bo‘lganidek bizning F-35 masalamizdir. F-35 bo‘yicha biz 1 milliard 400 million dollar to‘laganmiz. Bu toʻlov boʻyicha, albatta, buning bizga qanday qaytarilishi rejasini ular bilan qo‘lga olishimiz kerak”.

AQSh tomonidan Turkiyaga F-16 berilishi rejalashtirilayotgandek bir necha ma’lumot olganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an:

“Biz olgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ish uchun (F-35 uchun to‘langan pullar) to‘lovlar rejalashtirilmoqda. Bu to‘g‘rimi-yo‘qmi, bu haqidagi ma’lumotni o‘zlaridan olamiz. Eng oliy darajada esa buni albatta, mening Hurmatli Bayden bilan gaplashishim to‘g‘riroq bo‘ladi. Ana shunga ko‘ra bir kelishuvga boramiz”.-deya gapirdi.

Erdo‘g‘an shuningdek, terrorga qarshi kurashni mamlakatda bo‘lganidek mamlakat chegarasidan tashqarida ham davom etishlarini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #F-35 , #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar