Prezident Erdoʻgʻan bugun Ozarbayjonga tashrif uyushtiradi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bugun Ozarbayjonga bir kunlik tashrif uyushtiradi.

1724971
Prezident Erdoʻgʻan bugun Ozarbayjonga tashrif uyushtiradi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun Ozarbayjonga bir kunlik tashrif uyushtiradi.

Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Prezident Erdoʻgʻan Ozarbayjon Prezidenti Aliyev bilan Vatan muhorabasi natijasida ishgʻoldan ozod etilgan Fuzuli shahridagi Xalqaro aeroportning ochilish marosimi bilan mintaqada qurilgan quriqlik yoʻli va Zangilonda Turkiyaning ham ishtirokida inshoo etiladigan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” kampusining poydevor qo‘yish marosimida qatnashadi.

Tashrif chogʻida Turkiya-Ozarbayjon munosabatlari koʻrib chiqilib, ikkala mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning yana-da mustahkam tus olishi uchun tashlanadigan qadamlar qoʻlga olinadi.

Uchrashuvlarda oʻzaro munosabatlardan tashqari kundalik, mintaqaviy va xalqaro voqealar haqida fikr almashilishi rejalashtirilgan.



Aloqador xabarlar