Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga joʻnab ketdi

Prezident Erdoʻgʻan bir kunlik amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga joʻnab ketdi.

1725052
Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga joʻnab ketdi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bir kunlik amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga joʻnab ketdi.

Prezident Erdoʻgʻan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun ertalab poytaxt Anqaradagi “Esenboʻgʻa” nomidagi aeroportdan Ozarbayjonga yoʻl oldi.

Prezident Erdoʻgʻanga ushbu tashrifi chogʻida Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻli, Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailoʻgʻlu, Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murat Kurum bilan Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchisi Faxrettin Altun va Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin hamrohlik qildi.

Prezident Erdoʻgʻan ushbu tashrifi doirasida Vatan muhorabasi natijasida ishgʻoldan ozod etilgan Fuzuli shahridagi Xalqaro aeroportning ochilish marosimi bilan mintaqada qurilgan quriqlik yoʻli va Zangilonda Turkiyaning ham ishtirokida inshoo etiladigan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” kampusining poydevor qo‘yish marosimida qatnashadi.

Tashrif chogʻida Turkiya-Ozarbayjon munosabatlari har jihatdan koʻrib chiqilib, ikkala mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning yana-da mustahkam tus olishi uchun tashlanadigan qadamlar qoʻlga olinadi.

Uchrashuvlarda oʻzaro munosabatlardan tashqari kundalik, mintaqaviy va xalqaro voqealar haqida fikr almashilishi ham koʻzda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Prezident Erdoʻgʻan

Aloqador xabarlar