Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bir kunlik amaliy tashrif bilan bugun Ozarbayjonda.

1725188
Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bir kunlik amaliy tashrif bilan bugun Ozarbayjonda.

Prezident Erdoʻgʻan sayohat qilgan uchoq Ozarbayjonning ishgʻoldan qutqargan tuproqlarda inshoo etilgan birinchi aeroport hisoblangan “Fuzuli” nomidagi xalqaro aeroportga qondi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan kutib olingan Erdoʻgʻan , “Fuzuli” xalqaro aeroportiga qongan birinchi davlat rahbari boʻldi.

Yangi aeroportning ochilish lentasini keskan Erdoʻgʻan bilan Aliyev ortidan aeroport binosini aylanib, rasmiylardan ma’lumot oldi.

Prezident Erdoʻgʻan ushbu tashrifi doirasida yuqorida nomi tilga olingan xalqaro aeroportning ochilish marosimidan tashqari mintaqada qurilgan quriqlik yoʻli va Zangilonda Turkiyaning ham ishtirokida inshoo etiladigan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” kampusining poydevor qo‘yish marosimida qatnashadi.

Tashrif chogʻida Turkiya-Ozarbayjon munosabatlari har jihatdan koʻrib chiqilib, ikkala mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning yana-da mustahkam tus olishi uchun tashlanadigan qadamlar qoʻlga olinadi.

Uchrashuvlarda oʻzaro munosabatlardan tashqari kundalik, mintaqaviy va xalqaro voqealar haqida fikr almashilishi ham koʻzda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Prezident Erdoʻgʻan

Aloqador xabarlar