Erdo‘g‘an 10 mamlakat elchilari bilan bog‘liq masala haqida bayonot berdi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an Turkiyaning mustaqilligi va millatning qadriyatlariga hurmat ko'rsatmagan har kim unvonidan qat'iy nazar, bu davlatda yashay olmasligini bildirdi.

1725100
Erdo‘g‘an 10 mamlakat elchilari bilan bog‘liq masala haqida bayonot berdi

 

Erdog'an poytaxt Anqarada bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan keyin bergan bayonotida, Amerika Qo'shma Shtatlari va boshqa ba'zi davlatlarning Anqaradagi elchixonalari Vena konventsiyasining 41-moddasiga rioya qilishlarini e'lon qildi.

“Ayrim mamlakatlar elchilari bizning suverenitetimizni nishonga olgandi. Bunday bayonot bizning sudyalar, advokatlarimiz uchun katta haqorat hisoblanadi. Turkiya sudi mustaqil va hech kimning buyrug‘iga bo‘ysunmaydi. Shu bois bunday haqoratga javob qaytarish – bizning burchimiz. Biz inqiroz paydo qilmoqchi emasmiz, ammo mamlakatimiz huquqlari, manfaati va g‘ururini himoya qilishni istaymiz. Bugun elchixonalarning bayonotlaridan so‘ng vaziyat o‘zgardi”, – dedi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, u elchilar bundan buyon Turkiya haqidagi bayonotlarida e'tiborliroq bo‘lishlariga ishonadi.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 10 mamlakat elchilarini persona non grata deb e'lon qilish masalasi elchixonalarning Turkiyaning ishlariga aralashmaslik to‘g‘risidagi bayonotlaridan so‘ng yechim topganini ma’lum qildi.

Eslatish joizki, 25 oktyabr dushanba kuni AQSh va boshqa mamlakatlar elchixonalari elchilarning boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmasligi to‘g‘risida bayonot bergandi.

18 oktyabr kuni AQSh, Germaniya, Fransiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Yangi Zelandiya elchilari qo‘shma bayonot e'lon qilgan, unda Turkiya hukumatidan huquq faoli Usmon Kavala bo‘yicha masalaga tezkorlik bilan adolatli yechim topish so‘ralgan edi. Elchilar faolning hibsda saqlanishi Turkiya uchun “ko‘lanka” ekanligini qayd etgan. Bayonot e'lon qilingan kunning ertasiga bu 10 ta mamlakat elchilari Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

21 oktyabrda Turkiya prezidenti AQSh, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Norvegiya va Yangi Zelandiya elchilarini mamlakat sudi ishlariga aralashishgani uchun tanqid qilgandi. Keyinroq esa ularni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar