Hulusi Akar AQSh Mudofaa vaziri Ostin bilan uchrashdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar AQSh Mudofaa vaziri Ostin bilan uchrashdi.

1723422
Hulusi Akar AQSh Mudofaa vaziri Ostin bilan uchrashdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin bilan uchrashdi.

Akar NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari yigʻilishida ishtirok etish uchun borgan NATO qarorgohida turli uchrashuvlar oʻtkazdi.

Shu doirada Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles bilan uchrashgan Hulusi Akar ortidan AQSh Mudofaa vaziri Ostin bilan qisqacha suhbat qildi.

Unda Italiya poytaxti Rimda 30-31 oktabr kunlari boʻlib oʻtadigan G-20 Liderlar sammiti oldidan ijobiy kun tartibi uchun kerakli harakatlar qoʻlga olindi.

Keyinchalik Gretsiya Mudofaa vaziri Nikolas Panagiotopoulos bilan uchrashgan Mudofaa vaziri Akar, Turkiya va Gretsiya oʻrtasida ishonch orttiruvchi chora-tadbirlari doirasida poytaxt Anqarada oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan toʻrtinchi yigʻilish uchun Gretsiya hay’ati kutilayotganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #NATO , #AQSh , #Lloyd Jeyms Osti

Aloqador xabarlar