Turkiya-Afrika biznes forumi 21-22 oktabr kunlari Istanbulda uyushtiriladi

Prezident Erdoʻgʻan Angola poytaxti Luandada Prezident Joao Manuel Gonsalves Lourenso tomonidan Prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1721292
Turkiya-Afrika biznes forumi 21-22 oktabr kunlari Istanbulda uyushtiriladi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan navbatdagi Turkiya-Afrika biznes forumi 21-22 oktabr kunlari Istanbulda uyushtirilishini ma’lum qildi.

Prezident Erdoʻgʻan Afrikaga boʻlgan tashrifining birinchi bekati hisoblangan Angola poytaxti Luandada Prezident Joao Manuel Gonsalves Lourenso tomonidan Prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib olindi. 

Rasmiy marosim ortidan oʻzaro va hay’atlararo uchrashuvlarga oʻtgan ikkala prezident, ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdoʻgʻan Lourenso bilan mudofaa sanoati va terrorizmga qarshi kurash masalasini qoʻlga olganliklari, Afrika muammolarining Afrika tomondan hal qilinishi, birdamlik va yutuqqa erishish usulini qoʻllanish masalalarini muhokama qilganliklarini bildirdi.

Navbatdagi uchunchi Turkiya-Afrika biznes forumining 21-22 oktabr kunlari Istanbulda uyushtirilishini ma’lum qilgan Erdoʻgʻan:

17-18 dekabr kunlari esa Istanbulda III Turkiya-Afrika Hamkorlik sammitiga mezbonlik qilamiz. Kelasi yilning 11-13 marti kunlari tashkil etadigan Antaliya diplomatiya forumida ishtirok etishingizdan ham alohida xursand boʻlamiz”.-deya gapirdi.

Transport, qishloq xoʻjaligi, qayta tiklanadigan energiya, sogʻliqni saqlash, toʻqimachilik, elektr energiyasi va uy-joy loyihalaridagi keng sohada muhim firmalarimizning aniq faoliyatlari oʻzaro munosabatlarimizni rivojlantirishdagi qat’iy qarorimiz natijasidir”.-degan Prezident Erdoʻgʻan, 12-oktabrdan boshlab Turkiyadan Angolaga toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlar boshlaganini yodga solgan holda, viza masalasida amalga oshiriladigan qulaylashtiruvchi faoliyatlarning ham inson va mahsulot harakatini orttirishini qayd etdi.

Koronavirus pandemiyasi global maydonda hamkorlikning qanchalik muhimligini yaqqol koʻrsatganini ifoda etgan Erdoʻgʻan, Turk xususiy tarmogʻining shifoxona qurilishi va dori-darmon ishlab chiqarishda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Erdoʻgʻan, hay’atlaro yigʻilishning ham ikkala davlat oʻrtasida yangi jarayonning boshlashiga yoʻl ochishini tiladi.

Prezident Erdoʻgʻan Lourenso bilan shartnomalarga qoʻl qoʻyish marosimidan keyingi nutqida, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashda Angola hukumati yonida boʻlishni davom etishini ta’kidladi.

Erdoʻgʻan, Turkiya va Angola oʻrtasida energetika sohasida jiddiy hamkorlik imkoniyatlari borligiga ishonchi komil ekanini ifoda etdi.

Prezident Erdoʻgʻan, Angolaning ilgari Turkiyadan Qurolli-qurolsiz uchuvchisiz havo transporti talab qilgani va bugun zirxli transportlar ustidan ba’zi masalalar qoʻlga olinganini qayd etdi.

Erdoʻgʻan, mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik haqida esa:

“Har qanday yordamni berishga tayyor ekanimizni yetkazdik”.-dedi.

Angola Parlamentida nutq soʻzlaydigan Prezident Erdoʻgʻan doktor Antonio Agostino Neto yodgorligini ziyorat qilib, Tashqi Iqtisodiy aloqalar kengashi (DEIK) tomonidan tashkil qilinadigan Angola-Turkiya biznes forumida ishtirok etadi.

 



Aloqador xabarlar