Haitida 17 nafar amerikalik missioner o‘g‘irlab ketildi

Christian Aid Ministries nomli tashkilotga ko'ra, amerikaliklar ularni aeroportga olib ketayotgan avtobusdan o‘g‘irlangan.

1720818
Haitida 17 nafar amerikalik missioner o‘g‘irlab ketildi

 

Haitida jinoyatchilar 17 nafar amerikalik missioner va ularning oila a'zolarini o‘g‘irlab ketishdi. O‘g‘irlab ketilganlar orasida ayollar va bolalar bor.

Christian Aid Ministries nomli tashkilotga ko'ra, amerikaliklar ularni aeroportga olib ketayotgan avtobusdan o‘g‘irlangan.

Ta'kidlanishicha, Haiti ancha yildan beri siyosiy silsilalar girdobida qolib kelmoqda va bu yerda odamlarni o‘g‘irlash odatiy holat hisoblanadi. Jinoyatchilar bir necha yuz dollardan 1 mln dollargacha pul talab qilishmoqda. Biroq jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan ushbu davlatda ham bunday ko‘p sonda amerikaliklarning “surbetlarcha” o‘g‘irlab ketilishi amaldorlarni hayratga solgan.   

BMT hisobotiga ko'ra, 2021 yilning dastlabki 8 oyida kamida 328 ta odam o'g'irlangan. Bu raqam 2020 yilda 234 nafarni tashkil qilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Haiti

Aloqador xabarlar