Mudofaa vaziri: Kerakli choralar vaqti kelganida koʻriladi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Suriyadan Turkiyaga qarshi uyushtirilgan terror hujumlarini nazarda tutgan holda unga qarshi kerakli choralarning vaqti kelganida koriʻlishini qayd etdi.

1719504
Mudofaa vaziri: Kerakli choralar vaqti kelganida koʻriladi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Suriyaning shimolidan Turkiyaga qarshi PKK/YPG terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan hujumlar haqida:

“Haq-huquq va manfaatlarimizni himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash uchun nima qilinishi kerak boʻlsa Hurmatli Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan boshchiligida shu kungacha boʻlganidek bundan keyin ham vaqti kelganida huddi shunday amalga oshiriladi. Bundan hech kimning shubhasi boʻlmasin”.-dedi.

Hulusi Akar, Bosh shtab boshligʻi general Yashar Guler va boshqa harbiy kuch tuzilmalari rahbariyati va Milliy Mudofaa universiteti idoriy va harbiy boshqaruv a’zolari bilan kun tartibini baholash boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Ushbu yigʻilishda ishtirokchilarga xitob etgan Hulusi Akar Iroq va Suriya shimoli, Egey, Sharqiy Oʻrta yer dengizi va Kiprdagi vaziyatni yaqindan kuzatayotganlarini ta’kidladi.

“Aziz xalqimiz haq-huquqini, huquqining har bir zarrasini himoya qilish bizning burchgimizdir”.-degan ifodalarga oʻrin bergan Akar, shu bilan birga amalga oshirilishi kerak boʻlgan har qanday xizmatni bugungacha bajarganliklarini, bajarishni ham davom etishlarini qayd etdi

Oxirgi vaqtlarda Suriyaning shimolidan Turkiyaga qarshi uyushtirilgan terror hujumlariga toʻxtalgan Akar, mintaqada hech qanday terror yoʻlagi qurilishiga yoʻl qoʻymasliklarini belgilab oʻtgan holda:

“Haq-huquq va manfaatlarimizni himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash uchun nima qilinishi kerak boʻlsa Hurmatli Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan boshchiligida shu kungacha boʻlganidek bundan keyin ham vaqti kelganida huddi shunday amalga oshiriladi. Bundan hech kimning shubhasi boʻlmasin”.-dedi.

Turkiyaning Sharqiy Oʻrta yer dengizida seysmik tadqiqot ishlari yurtigan kemalar faoliyati toʻgʻrisida e’lon qilgan NAVTEXga (dengizchilarni ogohlantirish) toʻxtalgan Akar:

“Dengiz hududimiz va boshqa mavzulardagi haq-huquqimizdan, aloqa va manfaatlarimizdan aslo voz kechmaymiz. Uni himoya qilish uchun Harbiy-dengiz kuchlari qoʻmondonligi uzluksiz faoliyat yurtimoqda”.-deya gapirdi.

Mudofaa vaziri Hulusi Akar va hamrohligidagi qoʻmondonlar yigʻilish ortidan Koʻp millatli mushtarak harb markazi qoʻmondonligiga tashrif qilib, bir muddat “Yevroosiyo tinchligi-2021” mashqini kuzatdilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #Hulusi Akar , #terror hujumlari

Aloqador xabarlar