Erdo’g’an Ozarbayjon elchisi Reshad Mammadovdan ishonch yorlig'ini qabul qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an  bugun, 14-oktyabr kuni Turkiyaga yangi tayinlangan Ozarbayjon elchisi Reshad Mammadovni qabul qildi.

1719819

Bu haqda Turkiya prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Prezident saroyida bo’lib o’tgan qabul chog’ida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an  mamlakatga yangi tayinlangan Ozarbayjonning favqulodda va muxtor elchisi Reshad Mammadovdan ishonch yorlig’ini qabul qildi.

Erdo’g’an Ozarbayjonning yangi elchisi Reshad Mammadovga Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi qardoshlik va do‘stlik rishtalari hamda ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, Prezident yangi tayinlangan elchi bilan qisqacha suhbatlashdi.

Diplomat samimiy qabul hamda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdi.

Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya , #Ozarbayjon , #Reshad Mammadov

Aloqador xabarlar