Mavlud Chavusho'g'li Liviya TIV rahbari Nejla Mangush bilan uchrashdi

Uchrashuvda Turkiya va Liviya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

1719802
Mavlud Chavusho'g'li Liviya TIV rahbari Nejla Mangush bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li rasmiy tashrif bilan Anqarada bo'lib turgan Liviya tashqi ishlar vaziri Nejla Mangush bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya va Liviya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mavlud Chavusho'g'li mazkur uchrashuv haqida twitter orqali ma'lum qildi.

"Bugungi mehmonimiz qardosh Liviyaning tashqi ishlar vaziri Nejla Mangush bilan ko'p qirrali munosabatlarimizni muhokama qildik",-deb yozgan Mavlud Chavusho'g'li twitterdagi sahifasida.

Turkiya Liviyaning barqarorligi va farovonligiga hissa qo'shishda davom etishini ta'kidlagan Mavlud Chavusho'g'li: "Mamlakatda saylovlarning erkin, adolatli va shaffof o'tkazilishini qo'llab-quvvatlaymiz",-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar